19:50 / 28.01.2018
19056

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi majmuani ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari doirasida Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan «Dorut-tilovat» majmuasini ziyorat qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Taomilga binoan o‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur'on tilovat qilindi.

Ulamolar bilan muloqotda xalq faravonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so‘z yuritildi.

«Dorut-tilovat» majmuasi Ko‘k gumbaz masjidi, Shayx Shamsiddin Kulol, Gumbazi Sayidon maqbaralari va hujralardan iborat bo‘lib, ular, asosan, XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida bunyod etilgan. «Dorut-tilovat» so‘zi «Qur'on o‘qiladigan yoki tilovat qilinadigan joy» ma'nosini anglatadi.

Mavzuga oid
Top