12:50 / 28.01.2018
5486

O‘rta yer dengizida bir kunda 800 muhojir qutqarib qolindi 

Foto: Reuters

27 yanvarda O‘rta yer dengizida o‘tkazilgan 5 ta operatsiya davomida 800 ga yaqin muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Yevropaga yetib olmoqchi bo‘lgan muhojirlar 2 ta barja va 3 ta qayiqdan qutqarilgan. Operatsiyalar davomida Italiya harbiy-dengiz flotining ikkita vertolyoti Tunisdagi shifoxonaga 7 nafar bolani yetkazgan.

Qutqaruvchilar tomondan suvdan ikki jasad chiqarib olingan. 

2015 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning bir qator davlatlarida ixtiloflar avj olgani sababli O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan davlatlar orqali istalgan yo‘llar bilan Yevropaga o‘tmoqchi bo‘layotgan muhojirlar soni keskin oshib ketgan. 

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali kelgan muhojirlar soni 171 mingdan oshib ketdi. Yevropaga yo‘l olganlardan 3 mingdan ko‘prog‘i yo‘lda halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top