11:05 / 29.01.2018
9738

AQShda ko‘rshapalak ko‘rinishidagi dron ishlab chiqilmoqda – OAV

Foto: Global Look Press

AQShda harbiylar ko‘rshapalak ko‘rinishidagi uchuvchisiz uchar qurilma – dron yaratish niyatida. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan tegishli ishlanma uchun savdolar e'lon qilindi.

Xabar qilinishicha, qanotlarini qoqish yordamida harakatlanuvchi dronning asosiy o‘ziga xos jihatiga shovqin chiqarmasligi aylanadi. Ekspertlarning fikricha, kichik shovqinsiz dron dushmanni maxfiy tarzda suratga tushirishi mumkin.

Pentagondagilarning fikricha, dronlar avtomatlashtirilgan parvozlarni amalga oshiradi, deb xabar bermoqda «Zvezda» telekanali.

 

Top