16:40 / 29.01.2018
26226

Poyezdga oldindan chipta xarid qilganlar uchun 45 foizgacha chegirma

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ joriy yilning yanvar oyidan boshlab yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilishini e'lon qildi.

Endi xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlariga chiptalarni oldindan xarid qilish muddatiga qarab chegirmalar taqdim etiladi.
 
Yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani:

• poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa - 45%;
• poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilsa - 35% chegirmaga ega bo‘ladi.
 
Platskart vagonlar uchun chiptani 45-31 kun oldin xarid qilganlarga 35% chegirma beriladi.
 
Bundan tashqari, chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 5 kun oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilgan yo‘lovchilar uchun chipta narxiga 5% ustama qo‘shiladi.
 
Mazkur chegirmalar ichki yo‘nalishlar, shuningdek, guruh bo‘lib yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mavzuga oid
Top