8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

15:05 / 29.01.2018 14007

Shavkat Mirziyoyev Abul-Mu'iyn an-Nasafiy ziyoratgohiga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

XI asrda yashagan Abu Muin Nasafiy bobomiz aqida ilmining buyuk namoyondalaridan biri. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya  ta'limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Islom dini sofligini saqlash, aqidaparastlikka qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab ilmiy asarlar yozgan. Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida dafn etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Abu Muin Nasafiy maqbarasini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, buyuk olim asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. 

Shunga muvofiq bu yerda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Aqida ilmi bo‘yicha maktab, kutubxona qurilmoqda, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari ulamolar bilan suhbatda buyuk bobokalonimiz asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatli ekani, ularni nashr qilib, mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish zarurligini ta'kidladi.

Mazkur ziyoratgohda Qur'oni karimning asl qo‘lyozma nusxasi saqlanmoqda. Bu kitob qadimgi Samarqand qog‘oziga bitilgan, xattotlik elementlari bilan bezatilgan. Shavkat Mirziyoyev bunday kitoblar xalqning bebaho merosi ekani, ularni asrab-avaylash kerakligini qayd etdi.

Top