14:50 / 29.01.2018
32977

O‘zbekistonda xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish jarayoni soddalashtirildi

Foto: Studproject

O‘zbekistonda xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha onlayn-servis ishga tushirildi.

Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy etildi.

Inspektsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ariza beruvchilar xorijiy davlatlarda berilgan, ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar nostrifikatsiyasi uchun onlayn-murojaatni rasmiylashtirishlari mumkin.

Shundan so‘ng murojaat etuvchilar suhbat yoki imtihonda ishtirok etishlari shart.

Inspektsiyadan ta'kidlashlaricha, ayni damda O‘zbekiston hududlarida nostrifikatsiya qilish uchun imtihonlarni tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Idora mintaqalarda nostrifikatsiya qilish uchun imtihonlarni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

Top