16:22 / 31.01.2018
12810
«Arsenal» Obameyang transferini e'lon qildi. Klub uchun rekord

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Arsenal» futbolchisiga aylandi.

London klubi rasmiy saytida 28 yoshli ushbu gabonlik futbolchi klub uchun rekord narx evaziga sotib olinib, u bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilgani e'lon qilingan.

OAV xabariga ko‘ra, Obameyang uchun «Arsenal»  «Borussiya»ga 55 mln funt (63 million yevro) to‘lagan, shuningdek, bonuslar va'da qilingan.

Top