16:40 / 31.01.2018
89772

Otabek Murodov bosh prokuror bo‘lgani rasman tasdiqlandi

Prezidentning davlat maslahatchisi sifatida ishlab kelgan Otabek Murodov O‘zbekiston bosh prokurori etib tayinlandi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy saytida 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Otabek Bahritdinovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori sifatida keltirilgan.

Otabek Murodov bundan avvalroq O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisligiga o‘tgan Ixtiyor Abdullayev o‘rnini egalladi.

Murodov 2017 yilning 1 martida O‘zbekiston Prezidentining 4976-sonli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangan edi. 

Mavzuga oid
Top