11:34 / 31.01.2018
32343

Samarqandda jiddiy YTH, ikki inson vafot etdi 

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 28 yanvar kuni Samarqand viloyatida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti. 

Qayd etilishicha, 28 yanvar kuni soat 20:00da Oqdaryo tumani, “Paxtaobod” MFY, “Chorjuy” qishlog‘i hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lining 9 kilometrida 1989 yilda tug‘ilgan, Ishtixon tumanida yashovchi N. ismli shaxs o‘zi boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinada harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lovchi A. ismli shaxsning uyali telefon apparatini zaryad qilish uchun qo‘yishi vaqtida e'tiborini susaytirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, o‘zidan oldin harakatlanib ketayotgan “GAZ-5327” rusumli avtomashinaning orqa tomoniga urilgan. Natijada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, “Neksiya” rusumli avtomashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 2 nafari RShTYoIM Samarqand filialida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top