07:42 / 01.02.2018
10459

AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi 

Foto: Fox News

AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Aegis’ning Havayidagi sinovi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Bu haqda Pentagondagi manbalarga tayanib xabar berildi.

Aegis tizimi jihozlangan SM-3 zenit raketasi samolyotdan uchirilgan obektni urib tushira olmadi. Raketalar hujumiga qarshi mudofaa agentligida bu ma'lumot tasdiqlangan, biroq tafsilotlar oshkor qilinmagan.

O‘tgan haftada Pentagon AQSh o‘z hududi va Havayi hududini Shimoliy Koreyaning “kam sonli” qit'alararo va o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketalaridan himoyalay olishiga ishonchi komilligini bildirgan hisobotni chop etgandi.

2017 yil iyulda ham SM-3 raketasi sinov vaqtida yuqori tezlikdagi nishonni poylay olmagandi. O‘shanda bu muvaffaqiyatsizlik inson omili bilan tushuntirilgandi. 

Top