16:47 / 02.02.2018
17635

GM Uzbekistan Sankt-Peterburgda avtomobillar ishlab chiqarmaydi 

Foto: KUN.UZ

Sankt-Peterburgdagi General Motors’ning ishi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan zavodi quvvatlaridan foydalanishga ikki avtomobil kompaniyasi da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda Sankt-Peterburg shahrining sanoat siyosati va innovatsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Maksim Meyksin xabar berdi, deb xabar qilmoqda RNS.

Uning umid qilishicha, zavodni qayta ishga tushirish bo‘yicha qaror 2018 yilning birinchi yarmida qabul qilinadi. 

Muzokaralar ikki ishlab chiqaruvchi bilan o‘tkazilmoqda, ular orasida GM Uzbekistan yo‘q, dedi Meyksin. Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov GM Uzbekistan’ning Sankt-Peterburgdagi GM zavodi bilan hamkorlik rejalari haqida gapirgandi.

«O‘zbekistonda bo‘lganimizda, bu sanoat vaziri Denis Manturovning ushbu masalani ishlab chiqish g‘oyasi edi, biroq o‘zbek hamkasblarimiz gubernator delegatsiyasi bilan bo‘lganimizda ushbu mavzuni hattoki ko‘tarishmadi. Biz boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Meyksin.

Bir kompaniya Sankt-Peterburgda avtomobillarning faqat bitta markasini, biroq katta tirajda yig‘ishni taklif etayotgan bo‘lsa, boshqa kompaniya bu zavodda katta assortimentni, ammo kichik hajmlarda yig‘ishni xohlamoqda, deya aniqlik kiritdi u.

Meyksinning bildirishicha, Peterburgda GM zavodini qayta ishga tushirish bo‘yicha qaror 2018 yilning birinchi yarmida qabul qilinadi.

Mavzuga oid
Top