10:10 / 02.02.2018
12046

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Valensiya»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Barselona» Ispaniya kubogi yarim finali ilk uchrashuvida «Valensiya» ustidan g‘alaba qozondi. Bellashuv «Kamp Nou» stadionida o‘tkazildi.
 
Bahsdagi yagona gol ko‘k-anorranglilar markaziy hujumchisi Luis Suares tomonidan 67-daqiqada kiritildi. Bu holatda urugvaylikning jamoadoshi Lionel Messi muhim o‘rin tutdi, u hujumni chap qanot bo‘ylab boshlab, to‘pni darvozaning uzoq ustuniga aniq uzatib berdi.

«Valensiya» va «Barselona» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 fevral kuni «Mestalya» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Barselona – Valensiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 
1:0 – 67 Suares.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal (Koutino, 58), Rakitich (Paulino, 68), Serji Roberto, Buskets, Inesta (Pako Alkaser, 73), Messi, Suares.
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Gayya, Montoyya, Gabriel, Soler (Ferran Torres, 76), Parexo, Koklen, Pereyra (Maksimovich, 46), Vetto, Rodrigo (Santi Mina, 81).
Ogohlantirishlar: Serji Roberto (35), Pereyra (40), Vetto (51), Soler (53).

Top