07:32 / 02.02.2018
31721

Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning o‘g‘li o‘z joniga qasd qildi

Foto: AFP / Adalberto ROQUE

Kubaning ko‘p yillik sobiq yetakchisi Fidel Kastroning to‘ng‘ich o‘g‘li, fan doktori Fidel Anxel Kastro Dias-Balart 1 fevral ertalab o‘z joniga kasd qilgan. Bu haqda Kuba milliy televideniyesiga iqtibos keltirgan holda Prensa Latina axborot agentligi ma'lum qildi.  

Xabar qilinishicha, shifokorlar bir necha oy davomida Kastroga chuqur tushkunlik holatidan chiqishda yordam ko‘rsatishgan. Dastlab u gospitalda davolangan, so‘ngra kuzatuv ostida ambulator rejimga o‘tkazilgan. Marhum o‘lim oldi xatini qoldirgan.

68 yoshli Kastro Dias-Balart Kuba davlat kengashining ilmiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi va Kuba fanlar akademiyasining vitse-prezidenti bo‘lgan, innovatsiyalar masalalari bilan shug‘ullangan.

Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro Rus 2016 yil 25 noyabrda 90 yoshida vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top