22:30 / 02.02.2018
9784
«Pullar futbolni o‘ldirmoqda» - Venger dardini aytdi
Foto: Getty Images

«Arsenal» ustozi Arsen Venger fikriga ko‘ra, «Manchester Siti», «Bavariya», «PSJ» va «Barselona» klublarining ichki chempionatda katta farq bilan peshqadamlik qilayotgani muxlislarga yoqadigan holat emas.

U milliy ligalarda intriganing yo‘qolib borayotgani haqida kuyunib gapirdi.

«Beshta kuchli chempionatga nazar solsak, to‘rttasida chempion nomini hozirdanoq aytish mumkin. Bu esa vaziyatning izdan chiqib ketayotganidan dalolat beradi.

Ba'zi klublarning juda katta moliyaviy salohiyati raqobatni buzmoqda. Katta pullar futbolni o‘ldiryapti», — deb mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Top