08:14 / 02.02.2018
4221

Stiv Jobsning bevasi Buzzfeed News’ga sarmoya yo‘naltirmoqchi

Foto: Brendan McDermid/AP

Apple asoschisi Stiv Jobsning bevasi Lorin Pauell Jobs kompaniyasi Buzzfeed nashri muharriri bilan yangiliklar bo‘limiga sarmoyalar yo‘naltirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Financial Times xabar tarqatdi.

Muzokaralarga yaqin bo‘lgan manbalarning ta'kidlashicha, muhokama dastlabki bosqichda turibdi va kelishuv imzolanmasligi ham mumkin.

BuzzFeed o‘tgan yilning noyabrida keng ko‘lamli islohot haqida ma'lum qildi. U Facebook orqali tarqatiluvchi reklamadan qaramlikni kamaytirish va daromad olishning boshqa manbalarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan.

Pauell Jobs kompaniyasi va Buzzfeed’da bu ma'lumotga izoh berishmagan.

Mavzuga oid
Top