11:00 / 02.02.2018
6837

O‘zil shartnomani uzaytirdi

«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zil klub bilan yangi shartnoma uzaytirdi.

29 yoshli ushbu futbolchining avvalgi shartnomasi shu yilning yoziga qadar tuzilgandi. Uning yangi shartnomasi esa 2021 yilgi mavsum oxiriga qadar tuzildi.

Endilikda O‘zil klubning eng yuqori maosh oladigan futbolchisiga aylandi. Uning maoshi miqdori soliqlar chiqarib tashlanganda haftasiga 350 ming funtni tashkil etadi.

O‘zil «Arsenal»ga 2013 yil yozida «Real»dan kelgan. U o‘tgan vaqt ichida jamoa uchun 168 uchrashuv o‘tkazgan va 33 gol urib, 49 golga uzatma bergan. Joriy mavsumda ushbu germaniyalik futbolchi londonliklar safida 4 gol urdi va 7 golga uzatma berdi.

 

Top