17:45 / 03.02.2018
13287

Arxeologlar Misrda yuqori lavozimli amaldor ayol qabrini topishdi

Foto: Global Look Press

Arxeologlar Misrda Qadimiy Misrda fir'avnlar beshinchi avlodi hukmronligi vaqtidagi yuqori lavozimli amaldor ayolning qabrini topishdi. Topilma eramizdan avvalgi 2504-2347 yillarga tegishli bo‘lishi mumkin ekani aytilmoqda. Bu haqda Misrning qadimiy yodgorliklar ishlari bo‘yicha vaziri Holid al-Annoniy ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qabr Qohiradan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi mashhur Giza ehromlari yaqinidan topilgan. Unda o‘sha davrdagi hayotni ko‘rsatib beruvchi rangli freskalar ham bo‘lgan. Amaldor ayolning mo‘miyosi yoki qandaydir qimmatbaho buyumlar qabrda bo‘lmagan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Mutaxassislarning taxminicha, qabr qadimgi davrlarda qisman talangan bo‘lishi ham mumkin. Undagi buyumlarning bir qismi XX asr avvalida boshqa tumanlardan topilgan. Ayni damda ushbu topilmalar Berlin muzeyida saqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top