Turkiya xavfsizlik kuchlari Istanbulda IShID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanayotgan 80 nafarga yaqin xorijlik fuqaroni qo‘lga oldi
Milliyet gazetasining yozishicha, Istanbulda o‘tkazilgan terrorchilikka qarshi amaliyot doirasida 82 kishi qo‘lga olingan, ulardan 77 nafari boshqa mamlakatlar fuqarosi sanaladi.
Avvalroq, Turkiyada IShID bilan aloqadorlikda gumonlanib olti davlat fuqarolari hibsga olingani xabar qilingandi.