20:58 / 03.02.2018
46143

Olimlar hurrak otishning eng katta xavfini ma'lum qilishdi 

Foto: Fotolia / milatas

Uyqu vaqtida kislorod yetishmasligi dementsiya (fikrlash qobiliyatining zaiflashishi) rivojlanishi xavfini 3 marta oshirar ekan. Buni Kvinslend universiteti (Avstraliya) olimlari aniqlashdi.   

Uyqudagi apnoe – nafas olish buzilishi va hurrak otish bilan kechuvchi kasallikka ega odamlar xatar guruhiga kiradilar, chunki kislorod ochligi miyaning ba'zi sohalari degeneratsiyasiga (zaiflashish) olib keladi. Jumladan, e'tibor va ta'lim uchun javobgar sohalardagi hujayralar o‘ladi.

Professor Elizabet Koulson boshchiligidagi olimlarning fikricha, apnoening erta bosqichda davolanishi dementsiyaning eng keng tarqalgan shakli – Altsgeymer kasalligi rivojlanishini to‘xtatishi yoki oldini olishi mumkin. Mutaxassislarning aniqlashicha, bu kasallikning birinchi alomatlari keksa odamlarda apnoe paydo bo‘lganidan taxminan 10 yil o‘tib kuzatiladi.

Endi olimlar tadqiqotga 55 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan odamlarni jalb qilishmoqchi: ular apnoening davolanishi dementsiyaning oldini olishi-olmasligini aniqlashmoqchi.

Uyqudagi apnoe uchun o‘pka shamollatilishining 10 soniyadan ko‘proqqa to‘xtashi xos bo‘lib, unda kishida kunduzgi uyquchilik paydo bo‘ladi, surunkali charchoq sindromi rivojlanadi, xotira va ong zaiflashadi. Apnoe qoidaga ko‘ra kuchli hurrak otish bilan kechadi.

Mavzuga oid
Top