17:40 / 04.02.2018
13765

«Barselona»: «PSJ» Neymarni arzonroqqa sotib olishi ham mumkin edi

«Barselona» sport direktori va vitse-prezidenti Jordi Mestre klubning sobiq hujumchisi Neymarning o‘tgan yil yozida «PSJ»ga transfer bo‘lishi voqeasini esladi.

«Agar u Sesk, Pedro, Aleksis va Maskerano kabi oldimizga kelib, ketmoqchi ekanini ochiq aytganida, biz rozi bo‘lardik. Ammo bunday vaziyatda tentaklik qilmaslik kerak edi. U biz bilan sichqon-mushuk o‘ynadi. Ish shunga borib yetdiki, Neymar biz unga yangi shartnoma tuzilgani uchun mukofot puli bermaganimizni bahona qilib, o‘z qarorini izohladi. 

Holbuki, u bizdan hech narsa so‘ramagandi. Agar u bizga istagini aytganida, «PSJ» uni arzonroqqa ham olgan bo‘lardi. Neymar o‘zini shunday tutdiki, u transfer bozorini ostin-ustin qilish niyatida bo‘lgan. Agar u qiliq ko‘rsatmaganida biz ham transferlarga ko‘p pul sarflamagan va OAVda yomonotliq qilinmagan bo‘lardik. Neymar Messi «Barselona»da ekan, o‘zi hech qachon birinchi raqamli futbolchiga aylana olmasligini to‘g‘ri tushunardi», — deya Mestrening so‘zlarini keltirgan Sport.

Top