22:10 / 04.02.2018
17546

Kataloniya derbisida «Barselona»ning g‘alabali seriyasiga yakun yasaldi

Foto: La Liga

Ispaniya chempionatining 22-turida «Espanol» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qildi. «RKDE – Kornelya-El Prat» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Maydon egalari 66-daqiqada Xerar Morenoning golidan keyin hisobni ochishgandi. «Barselona» 82-daqiqada Jyerar Pikening goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, Kataloniya derbisida «Barselona» Ispaniya chempionatida qayd etgan 7 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasiga yakun yasaldi.

Endilikda «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 58 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Espanol» 25 ochko bilan 14-o‘rinda joylashgan.

Ispaniya chempionati
22-tur

Espanol – Barselona 1:1
Gollar: 1:0 – 66 Moreno, 1:1 – 82 Pike.
Espanol – Lopes, Naldo, Karikol, Mark Navarro (Lopes, 76), Lopes Silva, Sanches, Darder, Granero, Xurado (Garsiya, 61), Moreno, Baptistao (Sanches, 86).
Barselona – ter Stegen, Pike, Din (Alba, 75), Nelson Semedu (Serdji Roberto, 59), Umtiti, Koutino, Paulino, Buskets, Inesta, Pako Alkaser (Messi, 59), Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (29), Naldo (40), Umtiti (52), Mark Navarro (70), Garsiya (79), Moreno (84), Alba (86).

Top