19:23 / 05.02.2018
26815

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma'lum bo‘ldi

Foto: The-afc.com

Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma'ulm bo‘ldi. 

«A» guruhida so‘nggi turda Vetnam termasi mezbon Xitoy Taypeyi terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi va 6 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egalladi. Bahrayn esa Malayziyani xuddi shunday hisobda yengdi. Natijada bahraynliklar guruhda 4 ochko to‘plashdi. Xitoy Taypeyi ham shuncha ochko jamg‘argandi. Bu ikki jamoa o‘zaro durang o‘ynashgandi, ammo to‘plar nisbatidagi farq evaziga Bahrayn 2-o‘rin bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Natijada, chorak finalda O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Yaponiya esa Bahrayn bilan kuch sinashadi. Ikkala uchrashuv ham 8 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Top