07:34 / 05.02.2018
4335

Kiprdagi prezident saylovlarida amaldagi prezident g‘olib bo‘ldi

Foto: AP Photo / Petros Karadjias

Kiprda 4 fevralda o‘tgan prezident saylovlarining 2-bosqichida mamlakatning amaldagi prezidenti, DISI partiyasidan nomzod Nikos Anastasiadis g‘olib bo‘ldi. Bu hada 100 foiz ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin ma'lum qilindi. 

2-bosqichda Anastasiadis 55,99 foiz, uning raqibi, AKeL partiyasidan nomzod Stavros Malas 44,01 foiz ovoz to‘plagan.

Ma'lum qilinishicha, saylovlardagi ishtirok 73,97 foizni tashkil qilgan.  

Prezident 28 fevraldan o‘z vazifasini rasman bajarishga kirishadi. 

Mavzuga oid
Top