08:33 / 05.02.2018
6611

Ummonda ayollarga taksi haydashga ruxsat berildi

Foto: Emirateswoman

Ummonda 1 martdan ayollar taksi haydashi mumkin, deb xabar qilmoqda Gulf News.

Bunga qadar mamlakatda faqat erkaklar taksichilik qilgan.

«Ummon hukumati ayollarga ishga joylashishda erkaklar qatori teng huquqlar berishga harakat qilmoqda», - deyiladi sultonlik politsiyasi bayonotida.

Ta'kidlanishicha, rul boshqaruvida ayollar va erkaklar bo‘lgan avtomobillar rangi bilan farqlanadi – ayollar mashinasi pushti va moviy rangga bo‘yaladi.

Top