20:19 / 05.02.2018
7738

JARning Keyptaun shahri suv ta'minotisiz qolishi mumkin

Foto: Beerhouse.co.za

JARning Keyptaun shahriga may oyi o‘rtalaridan suv ta'minotidan to‘liq uzilishi xavf solmoqda. Bu haqda JARning aholi soni bo‘yicha 2-raqamli shahri rahbariyati ma'lum qildi.  

Shaharda ichimlik suvining tanqisligi mintaqada yuz berayotgan misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik bilan bog‘langan. Mutaxassislar ushbu qurg‘oqchilikni ming yilda bir bo‘ladigan tabiiy ofatga qiyoslashmoqda.

1 fevraldan munitsipal kengash suv ishlatishni kishi boshiga bir kunga 50 litr suv miqdorida cheklab qo‘ydi. Bunday tejamkorlikka qaramasdan, hisob-kitoblarga ko‘ra, 11 may kuni “hal qiluvchi kun” keladi: bu esa barcha suv zaxiralari qurib, markaziy suv ta'minoti o‘chirilishi va suvning maxsus punktlarda tarqatilishini anglatadi.

Keyptaunda 3,5 mln dan ko‘proq odam yashaydi. Mutaxassislar suv bilan bog‘liq inqirozni shahar infratuzilmasining aholi ko‘payishiga nomutanosib rivojlantirilishi bilan bog‘lashmoqda: 1995 yildan shahar aholisi 79 foizga ko‘paygan, suv omborlari hajmi esa bor-yo‘g‘i 15 foizga oshgan.

Mavzuga oid
Top