08:09 / 06.02.2018
7926
Intel «aqlli» ko‘zoynakni taqdim etdi
Foto: The Verge

Intel «aqlli» ko‘zoynak – Vaunt’ni taqdim etdi. Intel Vaunt 50 grammdan kamroq og‘irlikka ega bo‘lib, ko‘zoynakning ichida lazer bor. U o‘lchami 400 x 150 piksel bo‘lgan qizil rang tasvirini foydalanuvchi ko‘z pardasiga tushiradi.

Vaunt barcha elektronikasi egilishi mumkin. Shunga o‘xshash smart-ko‘zoynaklar odatda qattiq bo‘ladi: ularning gardishiga batareyalar joylangan bo‘lib, ular shaklni o‘zgartirish imkonini bermaydi.

Kompaniyadan aytishlaricha, lazer nuri ko‘z uchun xavfsizdir: uning quvvati shu qadar pastki, kompaniyaga texnologiyani sertifikatlash ham talab etilmadi.

Hozircha Vaunt’da mikrofon ham, dinamik ham yo‘q. Ularda tashqi kamera ham mavjud emas. Intel Vaunt birinchi navbatda bildirishnomalarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ko‘zoynaklar Bluetooth orqali Android'dagi telefonlar yoki iPhone’ga xuddi «aqlli» soatlardek ulanadi.

Foto: The Verge

Intel’dan aytishlaricha, ko‘zoynaklar kamida 18 soatlik avtonom ishga mo‘ljallangan. 2018 yilda kompaniya Vaunt uchun ilovalar ishlab chiqishga kirishishi mumkin.

Vaunt bozorga taxminan qachon chiqishi va uning narxi oshkor etilmayapti.

Top