12:55 / 06.02.2018
43489

Olimlar: issiq choy va saraton o‘rtasida bog‘liqlik bor

Foto: Fotolia

Xitoylik olimlar guruhining aniqlashicha, issiq choy, alkogol iste'moli va chekish qizilo‘ngach saratoni paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Ularning tadqiqoti Annals of Internal Medicine jurnalida e'lon qilingan.

To‘qqiz yil davomida 30-79 yoshlar oralig‘ida bo‘lgan 456 ming kishining sog‘lig‘i va taomlanishi holati o‘rganib borildi. O‘tgan vaqt davomida ushbu odamlar orasidan 1731 ta qizilo‘ngach saratoni topildi.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, bu kasallik issiq choyni doimiy ravishda ichgan hamda har kuni alkogol iste'mol qilgan bemorlarda besh marotabaga ko‘proq uchragan. Shu bilan birga, qizilo‘ngach saratoni ham chekkan, ham spirtli ichimlik iste'mol qilganlarda ikki martaga ko‘proq kelib chiqqan.

Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, harorati Tselsiy bo‘yicha 65 darajadan yuqori bo‘lgan ichimliklar ichki a'zolarga termik jarohat yetkazadi, ular keyinchalik onkologik xastaliklarga aylanib ketishi mumkin.

Mavzuga oid
Top