20:50 / 06.02.2018
9727

Shotlandiyalik fermer o‘yinchoq yo‘lbarsni haqiqiy deb o‘ylab politsiya chaqirtirdi

Foto: AFP 2018 / Miguel Medina

Shotlandiyaning Aberdinshir viloyatida yashovchi fermer uyi hovlisida yo‘lbarsni ko‘rgach, politsiya chaqirtirgan. Voqea joyiga kelgan politsiyachilar yirtqich jonzot o‘yinchoq yo‘lbars ekanligini aniqlashgan. Bu haqda The Herald Scotland nashri xabar berdi.

“Biz shanba kuni kechasi juda xavotirlanayotgan fuqarodan uning fermasi hududida yo‘lbars borligi haqida qo‘ng‘iroq oldik”, deb esladi voqeani politsiya vakili, inspektor Jorj Kordiner.  

Voqea joyiga bir necha mashinada politsiyaning qurollangan naryadi yetib kelgan. Biroq ular ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, fermerning xavotiriga sabab bo‘lgan “yirtqich” yotgan holdagi yumshoq o‘yinchoq yo‘lbars bo‘lib chiqqan.

“Biz chaqiriq soxta bo‘lib chiqqanidan xursand bo‘ldik”, deb aytgan politsiyachi.  

O‘yinchoq yo‘lbars fermerning hovlisiga qanday tushib qolgani ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid
Top