10:39 / 06.02.2018
5099

Tayvanda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi bedarak yo‘qoldi

Foto: AP Photo / Brennan Linsley

Tayvan sohillari yaqinida Black Hawk vertolyotining falokatga uchrashi oqibatida 6 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Tayvan ichki ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, vertolyot 5 fevral kechki payt Taydun shahridan Lanyuy oroli tomon tibbiy yordam ko‘rsatish va evakuatsiya amalga oshirish uchun uchgan. Vertolyot ortga qaytayotganda u bilan aloqa yo‘qotilgan va u radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Keyinroq vertolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay noma'lum sabablarga ko‘ra suvga qulagani ma'lum bo‘lgan. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 23.48da yuz bergan.

Vertolyot bortida ikki uchuvchi, bir mexanik, bir shifokor, bir bemor va unga hamrohlik qilayotgan shaxs bo‘lgan. Ularning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

AQShning Black Hawk ko‘p maqsadli vertolyotlari Tayvan armiyasiga 60 ta vertolyot yetkazilishiga tuzilgan shartnoma doirasida 2010 yilda yetkazilgan. Armiya vertolyotlarning bir qismini qutqaruv operatsiyalari o‘tkazish va boshqa fuqarolik vazifalarini bajarish uchun ichki ishlar vazirligiga topshirgan.  

Top