14:50 / 07.02.2018
78712

Kirakashning “Neksiya” avtomashinasidagi gaz balloni portlab ketdi (foto)

Foto: Buxoro viloyati IIB

Buxoro shahrida yashovchi S.Sh ismli fuqaro “Neksiya” rusumli avtomashinasida kirakashlik bilan shug‘ullanib, avtomashinani o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazmasdan, unga o‘rnatilgan gaz ballon uskunalarini sozligini tekshirmasdan o‘zboshimchalik bilan boshqarib yurganligi natijasida avtoulovidan ajralib qoldi.

Avtomashinasiga yuqori bosimli siqilgan gaz to‘ldirib uyiga kirgan vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan gaz ballon portlashi oqibatida “Neksiya” rusumli avtomashina jiddiy shikastlangan.

Hodisa oqibatida haydovchining qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan “Spark” avtomashinasi ham shikastlangan. Jabrlangan yoki jarohat olgan fuqarolar yo‘q.

Foto: Buxoro viloyati IIB
Foto: Buxoro viloyati IIB
Top