15:13 / 07.02.2018
25633

Tayvandagi kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar soniga aniqlik kiritildi

Foto: CNA

Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, 256 inson turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda mamlakat Markaziy axborot agentligi yong‘in boshqarmasi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, yana 88 kishi bedarak yo‘qolgan, deb baholanmoqda.

Ayni damda fojia yuz bergan tumanda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 200 dan ko‘proq odam jabr ko‘rgani xabar qilingandi.

6 fevralda Tayvanning Xualyan uyezdida mahalliy soat bilan 23.50da (Toshkent vaqti bilan soat 20.50da) 6,5 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 11 km chuqurlikda bo‘lgan. Xitoy seysmologik markazi bu zilziladan keyin magnitudasi 4,5 dan yuqori bo‘lgan kamida 5 ta va 5,2 dan yuqori bo‘lgan 2 ta aftershok qayd qilgan.

Top