18:40 / 07.02.2018
58861

Video: O‘zini o‘lganga solgan bo‘ri ovchiga tashlandi 

Qozog‘istonlik ovchilar bo‘rini otishdi va o‘z o‘ljalarini videoga olishga qaror qilishdi. Ulardan biri harakatsiz yotgan yirtqichga yaqinlashgan hamda uni oyog‘i bilan tepib ko‘rgan.

Bo‘ri kutilmaganda o‘rnidan sakrab turgan va erkakka hujum qilib, uni qorga yiqitgan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, natijada hech kim jabrlanmadi, yirtqich esa baribir o‘ldirildi.

Rolik kaztwitter nashrining Instagram’dagi sahifasida e'lon qilindi.

 

Mavzuga oid
Top