09:49 / 08.02.2018
11057

Zamonaviy internet asoschilaridan biri vafot etdi

Foto: Droider.ru

Zamonaviy internet asoschilaridan biri, kiberhududda huquqlarni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Electronic Frontier Foundation (EFF) nohukumat tashkiloti asoschisi, amerikalik Jon Perri Barlou 70 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda tashkilot ma'lum qildi. 

“Bugun internet o‘z qahramonini yo‘qotdi. EFF o‘zining dono asoschisi Jon Perri Barlouning hayotdan ketishidan chuqur qayg‘uda”, deyilgan tashkilotning Facebook’dagi xabarida. Ta'kidlanishicha, Barlou uyquda vafot etgan. 

“Hech qanday mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugun biz biladigan internetning asosiy segmentlari Barlou tufayli mavjud”, deb aytilgan xabarda.

Barlou internetga bag‘ishlangan ishlari bilan tanilgan. U 1990 yilda elektron aloqa vositalari foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qiluvchi Electronic Frontier Foundation tashkiloti yaratilishi boshida turgan.

Top