10:10 / 09.02.2018
6472

Yamanda aviazarba natijasida husiylar yetakchisi halok bo‘ldi

Foto: AP

Yamanda aviazarba natijasida husiylar yetakchilaridan biri, Muhsin Muhammad al-G‘uyrabiy halok bo‘ldi. Bu haqda «Al-Arabiya» xabar tarqatgan.

Yaman harbiy-havo kuchlari samolyotlari Al-Jafv viloyatiga zarbalar berishgan. Bu ushbu hududda isyonchilarning hujumi natijasida uch kishi halok bo‘lganidan so‘ng ro‘y berdi. Aviazarba natijasida husiylarning 35 jangarisi, shu jumladan al-G‘uyrabiy halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yamanlik husiylar ular tomondan o‘ldirilgan, mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Saloh partiyasi “Umumiy xalq kongressi”ga qurultoy o‘tkazishga to‘sqinlik qilganligi xabar berilgandi. 

Mavzuga oid
Top