11:28 / 09.02.2018
13352
Reklama

Artel, Akfa va Royal korxonalari xalqaro Aqua Therm Moscow 2018 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Foto: Artel

Artel, Akfa va Royal korxonalari 6-9 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Aqua Therm Moscow 2018 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda. Ko‘rgazmada 34 ta davlatdan 750 dan ortiq korxona qatnashmoqda. Ishtirokchilar orasida Germaniya, Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, O‘zbekiston kabi davlatlar bor. Artel, Akfa va Royal korxonalari ko‘rgazmada Akfa radiatorlari, Royal quyosh suv isitgichlari hamda Artel havo sovutgichlarini taqdim etishdi.

Aqua Therm Moscow 2018 Moskvadagi Krokus Ekspo pavilonida bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmaga 4 kun davomida 30 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurishi kutilmoqda. Xalqaro Aqua Therm Moscow ko‘rgazmasida tajriba almashish, yangi texnologiyalar bo‘yicha ma'ruzalar tinglash va ularni ko‘zdan kechirish, yangiliklar bilan almashish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ushbu ko‘rgazma Artel, Akfa va Royal korxonalari uchun xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash, chet el korxonalari bilan yangi hamkorlik munosabatlarini yaratish va eksport aloqalarini keng yo‘lga qo‘yish uchun yo‘l ochib beradi.

Foto: Artel 
Foto: Artel 

Ko‘rgazmada Royal quyosh suv isitgichlari katta qiziqish uyg‘otmoqda. Royal quyosh suv isitgichlari ishlab chiqarish jarayonida ko‘p bosqichli sifat tekshiruvidan o‘tadi. Shu sababli ularning sifati dunyo talab va standartlariga butunlay javob beradi va har qanday chet el mahsuloti bilan raqobatlashishga qodir. Hozirda quyosh yordamida suv isitish Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstraliya, AQSh, Janubiy Koreya davlatlarida keng qo‘llanib kelinmoqda.

Royal quyosh suv isitgichlari Germaniya uskunalari yordamida eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan. Royal quyosh suv isitgichlari kollektorlarga tushuvchi 95 foiz quyosh nurlarini samarali ishlatadi. Yilning hatto eng sovuq kunlarida ham maxsus issiqlik saqlaydigan material bilan qoplangan suv isitgichlar kuniga atigi bir daraja issiqlik yo‘qotadi va uzoq vaqt davomida sizni issiq suv bilan ta'minlashga qodir.

Aqua Therm Moscow ko‘rgazmasiga kelgan muxlislarni diqqatini tortgan yana bir mahsulot bu Akfa radiatorlaridir. Ular ikki turda ishlab chiqariladi: alyuminiydan yasalgan radiatorlar hamda qo‘shmetall radiatorlar.

Alyuminiydan yasalgan radiatorlar o‘ta yengil, ishlash bosimi va issiqlik o‘tkazish darajasi esa juda yuqoridir. Akfa alyuminiy radiatorlari shaxsiy xonadonlar uchun mos.

Qo‘shmetall radiatorlar po‘lat va alyuminiydan yasalgan. Ushbu radiatorlar juda ham mustahkamligi sababli, sizga uzoq yillar davomida xizmat qiladi. Qo‘shmetall radiatorlar markaziy isitish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘p qavatli binolarda ishlatiladi.

Foto: Artel 
Foto: Artel 

Ko‘rgazmada Artel korxonasi invertor sovutgichlarini taqdim etdi. Invertor sovutgichlarning sovutish va isitish quvvati oddiy sovutgichlarga qaraganda ancha yuqori. Artel invertor sovutgichlari yuqori quvvatga ega bo‘lgani bilan, deyarli butunlay tovushsiz ishlaydi. Ushbu sovutgichlar xona haroratini doimiy holatda bir maromda ushlaydi va oddiy sovutgichlarga qaraganda haroratni 30 foizgacha tezroq sovitadi va isitadi. Artel invertor sovutgichlari yordamida elektr toki to‘lovlarida anchagina mablag‘ni tejash mumkin.

34 davlat vakillari hamda 750 dan ortiq korxona xodimlari yurtimizning milliy mahsulotlarini ko‘zdan kechirishmoqda va yuqori baholashmoqda. Akfa radiatorlari, Royal suv isitgichlari va Artel maishiy texnikasi, yuqori sifatga egaligini va raqobatga dosh bera olishini xalqaro Aqua Therm Moscow 2018 ko‘rgazmasida butunlay tasdiqlashdi.

Foto: Artel 

Qo‘shimcha axborot uchun (71) 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki artelgroup.org saytiga tashrif buyuring. 

Reklama huquqi asosida

Top