23:07 / 09.02.2018
7094

Toshkent viloyatida bir yillik jinoyatlar ko‘rsatkichi 1331 taga kamaydi

Foto: Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati

Toshkent viloyati hududida 2017 yilda sodir etilgan jinoyatlar ko‘rsatkichi 2016 yilga nisbatan 1331 taga kamayishiga erishilgan. Toshkent viloyat IIB boshlig‘i A.Allamurodov Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarining 2017 yildagi faoliyati va 2018 yildagi vazifalari yuzasidan axborotida shu haqda ma'lum qilindi.

Jumladan, qotillik sodir etish 2016 yilga nisbatan 25 taga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 16 taga, o‘rta hamda yengil shikast yetkazish 243 taga, nomusga tegish 25 taga, bosqinchilik 38 taga, talonchilik 36 taga, bezorilik jinoyatlari 194 taga kamaygan. 

Xususan, mahalla posbonlari tomonidan 4 ming 971 ta turli huquqbuzarliklar aniqlangan, ularning bergan xabarlariga asosan 190 ta jinoyat fosh etilgan.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida olib borilgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar natijasida ular tomonidan jinoyatlar sodir etilishi kamaygan.
Jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan shaxslardan 1066 nafari ushlangan.

Top