15:44 / 10.02.2018
13390

14-20 yoshli o‘smirlar 20 million so‘mdan ortiq texnika buyumlarini “uxlatib” ketishdi

Buxoro shahar, Chorminor ko‘chasi 9-uyda yashovchi, Buxoro shahridagi “Aslonobod” xususiy firmasi ishchisi Nasretdinov Abdurahmon Amonulloyevich Buxoro shahar IIB ga ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxslar Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 24/1-uyda joylashgan “Aslonobod” xususiy firmasiga qarashli savdo do‘koniga eshik qulfini ochish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu savdo do‘konidan “Aslonobod” xususiy firmasiga tegishli bo‘lgan uch dona jami bahosi 7.755.000 so‘mlik Acer rusumli noutbuklarni, ikki dona jami bahosi 600.000 so‘mlik videokuzatuv moslamalarini, bir dona bahosi 1.600.000 so‘mlik LG rusumli monitorni, bir dona bahosi 4.100.000 so‘mlik kompyuter protsessorini, bir dona bahosi 2.435.000 so‘mlik Panasonic rusumli videokamerani, bir dona bahosi 160.000 so‘mlik modemni, bir dona bahosi 105.000 so‘mlik naushnikni, bir nechta fleshkartalarni va 4.089.000 so‘m miqdoridagi naqd pullarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, jabrlanuvchiga jami 20.844.000 so‘mlik ancha miqdorda moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringanliklarini bildirgan.

Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruv va qidiruv ishlari davomida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni, Buxoro shahar, Temiryo‘lchilar aholi punktida yashovchi fuqarolar, 1998 yilda tug‘ilgan Sodiqov Fozil Shuhratovich, 2000 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan Nurjonov Ramazon Shonazarovich hamda 2004 yilda tug‘ilgan Murodulloyev Eldor Otabek o‘g‘lilar sodir etganligi aniqlanib, ushbu jinoyat issiq izida fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan F.Sodiqov, R.Nurjonov va E.Murodulloyevlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top