00:42 / 10.02.2018
6186

Smartfon bilan birga ishlovchi ixcham ultratovush tashxisi qurilmasi yaratildi 

Foto: popmech.ru

AQShning Massachusets texnologik instituti bitiruvchilari asos solgan Butterfly Network startapida internet mavjud bo‘lgan joyda, qimmatbaho va katta o‘lchamli qurilmasiz ultratovush tashxisi amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiya yaratildi. Bu texnologiya bilan homilani, o‘simta yoki sinishni ko‘rish tana harorati yoki qon bosimini o‘lchash kabi osongina amalga oshiriladi.

Qurilma o‘zidan kaft o‘lchamidek keluvchi, ultratovush skanerni aks ettiradi. U yordamida olingan surat smartfondagi mobil dasturga, undan esa bulutli saqlagichga jo‘natiladi. Saqlagichdagi suratni istalgan malakali mutaxassis tahlil qila oladi.

Ushbu UTT-qurilma tibbiy muassasalar va texnologiyalar bilan muammo mavjud bo‘lgan joylarda ko‘plab hayotlarni saqlab qolishi mumkin.

Standart UUT-qurilma 15 ming dollardan 100 ming dollargacha turadi. Yangi qurilma esa 2 ming dollar turadi. iQ deb nom olgan qurilma iPhone’ga lightning raz'yomiga ega kabel yordamida ulanadi. Qurilma barcha tekshiruvlardan o‘tib, urologik, ginekologik tashxislar hamda yurak va oshqozon-ichak sohasini tekshirish uchun ma'qullangan. Ushbu qurilma uchun buyurtmalar soni o‘n mingdan oshib ketgan, ilk qurilmalar mijozlarga bir necha oydan keyin yetkazila boshlanadi.  

Ushbu qurilmaning ilk foydalanuvchilari albatta UTT bilan ishlangan shifokorlar bo‘ladi. Biroq bunday qurilma barcha mutaxassislikdagi shifokorlarda paydo bo‘lishiga, keyinroq esa qurilmadan bemorlarning o‘zlari foydalanishni o‘rganib olishlari va u qon bosimini o‘lchovchi qurilma kabi har bir xonadonda bo‘lishiga umid qilinmoqda.  

Top