14:00 / 10.02.2018
11357

Tayvan fojiasi. Zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Foto: AP

Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda Sinxua agentligi jabr ko‘rgan Xualyan uyezdida tashkil etilgan tezkor shtabga asosan xabar bermoqda. Bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan besh insondan ikkisining jasadi qiyshayib qolgan 12 qavatli bino vayronalari ostidan topilgan.

Xualyan uyezdi o‘t o‘chirish xizmati rahbari Lin Venjuyning bayonotiga ko‘ra, ikki jasad, erkak va yosh bola, binoning pastki qavatlarida joylashgan xonadan topilgan. Qutqaruvchilar yana uch nafar sayyohni izlashda davom etishmoqda, ular hozircha bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi. Xualyan uyezdida so‘nggi 50 yil ichida eng vayronakorga aylangan ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar insonlarning umumiy soni 270 kishidan oshib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Tayvanning shimoli-sharqida 6,4 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Xualyan shahridan 18,3 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgandi.

Avvalroq, Tayvandagi zilzila oqibatlari haqida so‘nggi ma'lumot berilgandi.

Mavzuga oid
Top