20:40 / 11.02.2018
13298

Huawei smartfonlari suratlar olish uchun eng yaxshi deb topildi

Foto: Gearburn

Mobile Photography Awards tashkiloti mutaxassislari smartfonlar yordamida olingan eng yaxshi suratlarning 2017 yilgi tanloviga yakun yasashdi. Unga ko‘ra, Huawei fotolar uchun eng yaxshi smartfon nomini Apple’dan tortib oldi.

Tashkilot xodimlari Londonda yashovchi xitoylik Nan Den tomondan olingan suratlarning sifatini yuqori baholashgan. Uning Huawei Mate 9 va Huawei P10 smartfonlarida olingan suratlarning yuqori sifati mutaxassislarning hayratiga sabab bo‘lgan. Ular smartfonda qanday qilib bunday ajoyib sifatdagi suratlarni olish mumkinligidan hayratlanishgan. Apple qurilmalarida olingan suratlar ham yuqori baholangan, biroq 2-o‘ringa loyiq deb topilgan.

Ta'kidlash joizki, mutaxassislar Xitoy smartfonlari ba'zi jihatlari bo‘yicha borgan sari Apple qurilmalaridan ustunlikka erishayotganini tan olishmoqda. Avvalroq OnePlus kompaniyasining yangi gadjyetida paydo bo‘ladigan yuzni tanish funksiyasi ta'rifga ko‘ra Apple’nikida yaxshiroq ishlashi haqida ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top