17:35 / 11.02.2018
15529

Ilon Maskning Falcon Heavy parvozidan so‘nggi ilk reaksiyasi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi

Foto: National Geographic

Internetda Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning Falcon Heavy o‘ta og‘ir raketasi parvozidan so‘ng qay ahvolga tushganlarini aks ettiruvchi videokadrlar paydo bo‘ldi. Kadrlar National Geographic kanalining tasvirga olish guruhi tomonidan suratga olingan. Ular Ilon Mask bilan raketa kosmodromning Kanaveral burnidagi 39-maydonchadan uchirilgan 6 fevral kunini birgalikda o‘tkazishgan.

Unda ko‘rinishicha, start maydonchasidan raketa parvoz etib ko‘tarilganidan Mask xursandchiligidan so‘kinib yuboradi, shundan so‘ng boshqaruv markazidan boshqa hamkasblari bilan birga yugurib chiqib, parvozni hayrat bilan kuzata boshlaydi.

«Bu matoh ucha boshladi... Unga qaranglar! Axir bu real emas!», — deydi Mask parvozning ilk soniyalarida.

Falcon Heavy raketasi 6 fevral kuni parvoz etib, kosmosga Ilon Maskning Tesla sportkarini olib chiqadi. Olti soatdan so‘ng u uchish trayektoriyasi bo‘ylab Bosh asteroidlar belbog‘i va Mars orbitasi yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qila boshlaydi.

Mavzuga oid
Top