03:53 / 11.02.2018
17318

Samarqand viloyatida yuk avtomashinasi “Spark” bilan to‘qnashdi, bir inson vafot etdi

Toshkent viloyatining Angren shahrida 4 fevral soat 09.30larda Yangi hayot ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvidagi “Neksiya”, rusumli avtomashinasini “Toshkent-O‘sh” A-373 M-39 avtomobil yo‘lining 175-kilometrida haydab ketayotib Konchilar ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan R.Y. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

To‘qnashuv natijada “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi A.U., shuningdek, “Neksiya” rusumli avtomashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi ham jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 4 fevral soat 22.00larda 1986 yilda tug‘ilgan J.S. o‘zining “GAZ-53” yuk avtomashinasini Navbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-46 avtomobil yo‘lining 64-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Y.T. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “GAZ-53” yuk avtomashinasi yo‘lovchisi, Samarqand tumanida yashagan, 1958 yilda tug‘ilgan X.Q. olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan va “Spark” avtomashinasi haydovchisi Y.T. ham jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top