8 yoshli bolakay taqdiridagi xastalik haqida yozganimiz esingizdami? O'shanda Muhammadzohidning fikrlari bizni chuqur o'yga toldirgandi. Yosh bo'lsa-da, kattalarday fikrlaydigan bu bolakayning erta ulg'ayishiga shu xastalik sabab bo'lganmikan, degan fikr xayoldan ham o'tdi. Hatto Alloh saqlasinu vafot etsa, qayerga dafn etishlarini ham aytgan Muhammadzohid barchamizni fikrlashga undagandi. Zudlik bilan xayriya aksiyasini tashkil etdik. Bir muddat poytaxtimizda muolaja ishlari olib borildi.

Biroq bu muolajalardan butkul sog'ayib ketishning imkoni bo'lmadi. Murakkab jarrohlik amaliyoti xavfli edi. Na iloj, shifokorlarimiz qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Muhammadzohidning ota-onasi esa Allohdan umidini uzganlari yo'q. Kuni kecha ular Hindistonga yo'l olishdi. Hindistonlik shifokorlar jarrohlik amaliyotini o'tkazish mumkinligi ta`kidlashmoqda. Yaxshi niyat va umid bilan ularni safarga kuzatdik.

- Xudo xohlasa kutganimiz, niyat qilganimiz bugunga nasib qilgan ekan, mana, o'g'limizni olib Hindistonga yo'l olyapmiz, - dedi Muhammadzohidning otasi Davron Erdanov. – Bizga shu vaqtga qadar ham moddiy, ham ma`naviy yordam berganlar baraka topishsin. Bizga har tomonlama dalda berganlarga katta rahmat aytaman. Duo qilib turishlarini so'rab qolardik. Alloh barchamizga chiroyli holatda, yaxshi kunlarda ko'rishishni nasib etsin.

Bolakayning ko'zlaridan ulkan orzular va buyuk ishlar mo'ralab turibdi. Irodasiga, matonatiga, sabriga qoyil qolasan kishi. Azizlar, tashkil etilgan xayriya aksiyamiz davom etadi. Hurmatli yurtdoshlar, keling, Muhammadzohidni tezroq  shifo topishini istab, chin yurakdan duo qilaylik. Xayriya aksiyasida faol ishtirok etaylik. Barchamizdan Yaratgan rozi bo'lsin.

Xayriya qilmoqchi bo'lganlar o'z mablag'larini ushbu plastik kartaga ko'chirib berishlari mumkin: (CLICK, PAYME)

AGROBANK: 8600 0417 7533 9543
Telefon: (+99894) 699 24 58
ERDANOV DAVRAN
Omonat hisob raqami: 2020 6840 8993 7440 7001
SWIFT CODE: PAKHUZ22