13:50 / 12.02.2018
31714
Reklama

Xavfsiz va zamonaviy gorelkalarni qayerdan xarid qilish mumkin? 

Foto: SPART EKO

Toshkentda joylashgan SPART EKO kompaniyasi xonadonlar uchun avtomatlashtirilgan zamonaviy gorelkalarni taqdim etadi. Endilikda siz so‘nggi texnologiyalar yordamida ishlaydigan maxsus qurilmalarni xarid qilib, xavfsiz isitish tizimini ta'minlash imkoniga egasiz. Shuningdek, gorelkalar tugmalar orqali boshqariladi. Ularni yoqish uchun  gugurt bilan chaqib, yondirishga hojat qolmaydi.

Gorelkalar maishiy hayotda nimaga kerak? 

*Birinchi navbatda havo-gaz qorishmasini aniq aralashtirish uchun uchun zarur 

*Zamonaviy gorelkalarda yangi texnologiya va ishlanmalar mavjud bo‘lib, ular tabiiy gaz yonishini maksimum darajada oshirishga yordam beradi 

*Bu qurilmalarni o‘rnatish va joyidan ko‘chirish juda oson. Ortiqcha ovoragarchiliklarga esa hojat qolmaydi 

*Uzoq muddatgacha chidamlilik hamda ishonchli sifat 

*Gorelkalar sanitar-gigiyena qoidalariga javob beradi

*Shuningdek, ular ortiqcha shovqin-suronsiz ishlaydi

Foto: SPART EKO

SPART EKO kompaniyasi o‘z faoliyatini 2005 yilda boshlagan bo‘lib, mijozlarga xorijdan keltirilgan va korxonada terilgan eng sifatli gorelkalar, suv isitish qozonlarini taklif qiladi. Kompaniyaning yana bir ajralib turuvchi jihati, bu yerda siz nafaqat qurilmalarning o‘zini, balki ularga zarur bo‘luvchi qo‘shimcha sifatli ehtiyot qismlarni ham topishingiz mumkin. 

Hozirda biz xonadonlardagi isitish tizimlari faoliyatini kuzatadigan bo‘lsak, xususiy turar-joylarning 50 foizdan ortiq qismida hali ham avtomatlashtirilgan tizimlar yo‘q. Shuningdek, avvaldan xavfsizlik choralari ko‘rilmaganligi uchun aholining gazdan noto‘g‘ri foydalanishi oqibatida ko‘plab uylar yong‘in ostida qolmoqda. 

Foto: SPART EKO

Endi esa o‘ziningiz va oila a'zolaringiz xavfsizligi, salomatligi haqida qayg‘uradigan vaqt keldi. SPART EKO kompaniyasi xonadoningiz uchun eng munosib mahsulotlarni hadya etadi. Kompaniyaning tajribali mutaxassislari tomonidan yig‘iladigan qurilmalar sizga uzoq yillar davomida samarali xizmat qiladi. 

Eng muhimi, ular - chidamli, hamyonbop va avtomatlashtirilgandir.

Eslatma: Uyda gaz o‘chib qolganidan 1 daqiqa o‘tgach, gorelkaning yong‘in xavfsizligi klapani avtomatik tarzda yopiladi. Shu bilan birga, gaz qaytib kelganida, atrofga gaz isi chiqmaydi. Xonadon egasi 40-50 foizgacha gazni tejab qolishi mumkin. 

Foto: SPART EKO

Bundan tashqari, kompaniyaning maxsus xizmat markazi bo‘lib, xodimlar har bir mahsulot xaridida siz uchun yaqindan ko‘mak va maslahatlarni berishga hamisha tayyor. Agarda qandaydir qiyinchiliklar yoki texnik yordam zarur bo‘lsa, xizmat markaziga bevosita murojaat qilishingiz mumkin. 

Yana bir muhim narsa: Ko‘pchilik xonadondagi eski suv isitish qozonlarini butunlay yangilash kerakligini o‘ylab, havotir olishadi. Biroq bunga hojat yo‘q. Uzoq yillar davomida ishlatib kelayotgan suv isitish qozoni (kotyol)ni olib tashlab, yangi import qurilmalarni o‘rnatish shart emas. Shunchaki uning yuza qismini yangi avtomatlashtirilgan gorelkaga almashtirish kifoya. Agar harorat to‘g‘ri belgilansa, suv ma'lum bir darajaga yetganda o‘chadi, sovigandan keyin esa yana yonadi. 

SPART EKO qurilmalari orqali xonadoningiz uchun qulaylik va shinamlik muhitini yarating. 

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasi, 16 uy
Mo‘ljal: Olmazor BTI
Murojaat uchun telefon: +99897 4400262
                                           +99895 1446941

Cayt: www.spart-eko.gl.uz
Instagram: www.instagram.com/sparteko0262/
Facebook: www.facebook.com/SpartEko.Goodwell
YouTube: SPART EKO

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top