15:08 / 12.02.2018
54818
Reklama

Golden House: Yuzlab oilalar uchun yangi imkoniyatlar

Golden House’dan uy sotib oling va poytaxt propiskasiga ega bo‘ling!

2017 yilning 19 iyulida qonunchilik aktlarining kuchga kirganidan so‘ng Golden House kompaniyasiga murojaat qilgan 100 dan ortiq oilalar shinam uylarga ega bo‘ldilar va rasmiylashtirish jarayonidan so‘ng poytaxt rezidentlariga aylandilar.

Shu kungacha Toshkent shahrida yashab va ishlab kelayotgan ko‘pgina oilalar uzoq yillar davomida poytaxtda doimiy ro‘yxatga o‘tish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelgan edi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyulda qabul qilingan 527-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga o‘tish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi.

Foto: Golden House

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal'a tumanidan bo‘lgan Qurbonboyevlar oilasi 10 yildan beri Toshkent shahrida yashaydilar. Qurbonboyevlar oilasi 2017 yilning dekabr oyida Sebzor turar joy majmuasidan xonadon sotib olib, shu oyning o‘zidayoq doimiy ro‘yxatga ega bo‘ldilar.

«Bizning oilamiz uchun — bu haqiqatdan ham bayram. Axir, biz bu kunni 10 yil kutdik va endilikda bizning pasportlarimizni doimiy ro‘yxat muhri bezab turibdi. Endi biz ham poytaxtning to‘laqonli aholisi safiga qo‘shildik», — deydi Qurbonboyevlar oilasi.

Bu haqda Golden House kompaniyasi vakillari shunday deydi:

“Uy sotib olish — har bir oila hayotida muhim hodisa sanaladi. Kompaniyamiz fuqarolarga yangi uy sotib olishning loyiha tanlashdan tortib, xonadon kalitini olish marosimigacha bo‘lgan barcha jarayonlarida yordam ko‘rsatadi.

Uyimizning bo‘lajak egalariga tavsiyalarimizni ayamaymiz va ularning har bir qadami uchun qayg‘uramiz. Aminmizki, endigina uy sotib olish haqida o‘ylayotganlarga ham qaror qabul qilishda yordam bera olamiz. Biz har bir mijozga tanlov va ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Umid qilamizki, uylarimizda kechgan yillar yorqin va baxtli onlarga boy bo‘ladi”.

Foto: Golden House

Batafsilroq ma'lumotlarni 150-11-11 telefon raqamiga orqali olishingiz mumkin.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi,«Novomoskovskaya» turar joy kompleksi.

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, Darxon.

Bot: @goldenhouseuz_bot

Telegram: @goldenhouseuz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Top