10:53 / 12.02.2018
71068

O‘qituvchilarga kommunal to‘lovlardan imtiyoz bormi?

Foto: RIA "Novosti"

Prezidentning 2003 yil 27 martdagi farmoniga asosan 2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga eng kam ish haqi hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilgan. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmog‘idagi kanalida xabar berildi.

Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga asosan kompensatsiya to‘lovlari: 

1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;

fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;

Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;

ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;

Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar uchun belgilangan.

Top