Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida O'zbekiston-Koreya Respublikasi biznes muloqoti bo'lib o'tmoqda. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar qildi.

Unda Janubiy Koreya hukumat delegatsiyasiga bosh vazir o'rinbosari va moliya vaziri Kim Dong Yon rahbarlik qilmoqda. O'zbekiston tomonidan bosh vazir o'rinbosari Suxrob Xolmurodov, Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi raisi Azim Ahmadxo'jayev va boshqalar ishtirok etmoqda.

Tadbirda Koreya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U ham qatnashyapti.

Elchining ma`lum qilishicha, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In yaqin kelajakda O'zbekistonga tashrif buyuradi. 

Eslatib o'tamiz, Kim Dong Yonning tashrifi doirasida Janubiy Koreya va O'zbekiston Moliya vaziri bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha uchrashuvlar o'tkaziladi