19:00 / 13.02.2018
31663

100 ta g‘azalni yod olgan o‘quvchiga viloyat hokimi 50 million berdi

Navoiy viloyatida 12-13 fevral kun¬lari “Navoiy vorislari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

6-9 sinf o‘quvchilari ishtirok etgan tanlovda qatnashchilar eng ko‘p g‘azal yod olish, uni ifodali o‘qish, matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish kabi shartlar bo‘yicha bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.

Foto: Navoiy viloyat  hokimiyati matbuot xizmati
Foto: Navoiy viloyat  hokimiyati matbuot xizmati

14 nafar ishtirokchi orasidan 3 nafar g‘olib aniqlab olindi. 1-o‘rin buxorolik Sitora Isoqovaga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Navoiy viloyati vakili Marjona Nodirqulova, 3-o‘rin esa farg‘onalik Xosiyatxon Sirojiddinovaga nasib etdi.

Foto: Navoiy viloyat  hokimiyati matbuot xizmati

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Xususan, navoiylik o‘quvchi qizga viloyat hokimi K.Tursunov tomonidan Prezident sovg‘asi sifatida 50 million so‘mlik pul mukofoti taqdim etildi.

Mavzuga oid
Top