09:56 / 13.02.2018
7884

AQSh Yevropaga 1,3 mlrd dollarlik harbiy texnikani yubormoqchi

Abrams tanki. Foto : Reuters / Michael Dalder

AQSh Yevropaga 2019 yilda umumiy qiymati 1,3 mlrd dollar bo‘lgan harbiy texnikani Yevropada bosib turish tashabbusi doirasida yuborishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlar byudjyet rejalashtirilishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Devis Uelsh xabar berdi.

Ma'muriyat tomonidan 2019-moliyaviy yil uchun byudjyet rejasi Yevropaga “qiymati 455 mln dollar bo‘lgan 40 ta Abrams tanki, 250 mln dollarlik 62 ta MSE raketasi, 230 mln dollarlik 66 ta AMPV ko‘p nishonli zirhli texnika, 61 ta Bradley piyoda zirhli mashinasi, shuningdek, 171 mln dollarlik HIMARS raketalari” yetkazib berilishini nazarda tutadi", - deya aytib o‘tdi Uelsh brifingda.

U ushbu texnikalar aynan qayerga yuborilishiga aniqlik kiritmadi. Shuningdek Uelshning ta'kidlashicha, bular taxminiy raqamlar.

Top