18:10 / 13.02.2018
21926

Andijon shahridagi dahalardan birida yong‘in ro‘y berdi

Bugun, 13 fevral kuni soat 15:56da Andijon shahri Qo‘shariq dahasidagi 27-uyda yong‘in hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Viloyat YoXB matbuot xizmati «KUN.UZ»ga ma'lumot berishicha, tezkor olib borilgan harakatlar natijasida soat 16:04da o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borgan va ularning sa'y-harakatlari tufayli tom qismi yonayotgan uyning xonadonlari o‘t ichida qolishining oldi olingan.

Yong‘in oqibatda ko‘p qavatli uyning 180 kv.m tom qismi yonib zararlandi.

Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Top